Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumta’lim maktablari reytingi qanday mezonlar asosida aniqlanadi?
16:35 / 2021-06-11

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan maktablar va akademik litseylar reytingini aniqlashdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 iyun kuni qabul qilingan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.  

Anjuman davomida berilgan ma’lumotga ko‘ra, maktab reytingini aniqlaydigan indikatorlarni yaratish jarayonida xorijiy tajribalar o‘rganilib, xususan, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Avstraliya, Shveysariya, Gollandiya, Kanada va Ukraina kabi davlatlarda umumta’lim muassasalari reytingini baholash metodikasi chuqur tahlil qilingan.

Shuningdek, milliy reyting indikatorlarini ishlab chiqish jarayonlariga fan metodistlari, malakali pedagoglar hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari jalb etilgan. Qaror loyihasini tayyorlash doirasida bir necha bor davra suhbatlari tashkil etildi. Shuningdek, qaror loyihasi 39 ta vazirlik va idoraga kelishish uchun hamda regulation.gov.uz portaliga umumxalq muhokamasi uchun joylashtirildi va bildirilgan takliflarga asosan yanada takomillashtirib, qabul qilindi.

[gallery-2759]

Mazkur qaror bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Ta’lim inspeksiyasi har yili 1 sentyabrga qadar:

Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini;

Shu bilan birgalikda, maktablar reytingi natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berishda ham inobatga olinadi.

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan so‘nggi 2 yilda maktablar reytingi e’lon qilinib kelinayotgan edi. Birinchi marta Xalq ta’limi vazirligi va hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari tomonidan tavsiya qilingan maktablar reytingga jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili tasodifiylik tamoyili asosida 10 foiz maktablar tanlab olingan edi.

Endi yangi qaror bo‘yicha barcha maktablar reytingga jalb qilinadi. Baholash mezonlariga ham bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hokimlar hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini maktablar reytingi orqali baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi:

Birinchi ko‘rsatkich – maktab bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi;

Bunda 11-sinf bitiruvchilari tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan ballari hamda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirganlar salmog‘i inobatga olinadi.

Ikkinchi ko‘rsatkich– o‘quvchilarning chet tillarini bilish darajasi;

Uchinchisi, 11-sinf bitiruvchilarining bandlik ko‘rsatkichi;

Bu ko‘rsatkich tizimda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

To‘rtinchi ko‘rsatkich –ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi;

Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumoti asosida shakllantiriladi.

Beshinchi ko‘rsatkich esa, maktab pedagoglarining sifati (salohiyat);

Bunda jami o‘qituvchilardan necha foizini oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar tashkil etishi hisoblanadi.

Oltinchi ko‘rsatkich – o‘qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;  

Bunda jami o‘qituvchilardan necha foizida xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki xorijiy sertifikat borligi inobatga olinadi.

Yettinchi ko‘rsatkich esa, ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlari hajmiga qarab baholanadi.

Ushbu ko‘rsatkich Moliya vazirligi ma’lumoti asosida shakllantiriladi.

So‘nggi sakkizinchi ko‘rsatkichda esa ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit kabi mezonlar inobatga olinadi. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlarga baho beriladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan mezonlar bo‘yicha barcha maktablar baholanadi va natijalar tuman va shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkentshahri  bo‘yicha e’lon qilinadi.  

 

Fayzullo Yahyoyev,  Otabek Mirsoatov(surat),

O‘zA