Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlar sinovdan o‘tkazilmoqda
19:43 / 2024-11-04

Andijonda umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash, milliy sertifikat olish uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida nafaqat o‘qituvchilar, balki abiturentlar va boshqa talabgorlarning umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash, milliy sertifikat olish bo‘yicha test imtihonlari o‘tkazilishi joriy etildi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“qaroriga asosan, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi, – deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Rustamjon Azimov. – Talabgorlarga 10 foizli chegirma beriladi. Ya’ni imtihonda qatnashish uchun ular BHMning 1,5 barobari yoki 459 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshiradi. 

[gallery-20183]

Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi. Ya’ni ular tomonidan 229 ming 500 so‘m to‘lov amalga oshiriladi. 

Test natijalari xalqaro metodika – “Rash” modeli asosida hisoblanadi va baholanadi.

Ishtirokchilarga olgan ballaridan kelib chiqib, A+, V+, S+ va S darajadagi sertifikatlar beriladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, A+ va A darajali sertifikat olgan talabgorlarga oliy o‘quv yurtlari bakalavr yo‘nalishiga kirish test sinovlarida sertifikat olgan fanidan eng yuqori ball beriladi. 

Test sinovining birinchi kunida ona tili va adabiyoti fanidan talabgorlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 

Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish va test sinovlarida qatnashish uchun viloyatda 1 ming 687 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari