Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumiy safarbarlik va harbiy holat muddatlari uzaytirildi...
12:54 / 2023-02-08

Rossiya-Ukraina

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina atrofidagi vaziyatga baho berib, “bu Vashington va butun dunyo uchun sinov asri bo‘ldi”, deb ta’kidladi.

“AQSH o‘zining asosiy tamoyillariga sodiq qoladi. Mamlakat siyosiy kuchlari Rossiyaning amaliyotlariga qarshi turish ishida birlikni saqlash va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadilar”, deb qo‘shimcha qildi davlat rahbari. 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami va iqtisodiy sohada hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Departament matbuot kotibi Ned Prays ma’lum qildi.

Pentagonning ma’lumotiga ko‘ra, salkam bir yil davomida Vashington Kiyevga 29,3 milliard dollarlik harbiy ko‘mak bergan.

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp Ukraina ziddiyatini bir kunda hal etish mumkin, deb bayonot berdi. 

“Mening prezidentlik davrimda Rossiya bilan urush bo‘lmagan. Men Rossiya-Ukraina mojarosini 24 soatda to‘xtatishim mumkin”, deb yozib chiqdi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida. 

YeIning tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrelning bayonotiga ko‘ra, Ukrainani tiklash va uning hududini minalardan tozalash uchun o‘n yillar kerak bo‘ladi. 

Ukraina prezidenti ma’muriyatining sobiq rahbari Aleksey Arestovich mamlakatda jangovor harakatlar to‘xtagach, “ikkita Koreya” ssenariy ishlab chiqilishi ehtimolini istisno etmadi. Uning fikricha, Kiyevning g‘alabasi uchun “NATO qurolidan foydalanishni biladigan 400 ming yuqori darajada tayyorgarlikdan o‘tgan askar lozim, buning iloji yo‘q, afsuski. Aksi taqdirda G‘arb “kafolatli janubiy Koreya”ni yaratishga majbur bo‘ladi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban YeI rahbariyati boshqa mamlakatlar yetakchilarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda hukumatning matbuot kotibi Bertalan Xavashi ma’lum qildi.

Vilnyus tomonidan Kiyevga berilgan zenit uskunalaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ukrainalik harbiylarni o‘qitish kurslari tugadi, deb xabar berdi Boltiq Respublikasining armiya qo‘mondonligi. 

Litva Mudofaa vazirligi Ukrainaga jami 125 million yevrolik 40 zenit uskunasi va sobiq sovetlarning ikkita vertolyotini berishi to‘g‘risida aytgan edi. 

Ukraina 30dan ortiq davlatlar bilan hamkorlikda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida inson huquqlarining qo‘pol buzilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar berdi Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa.

2023 yilning yanvar oyi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qochoqlarining 203 mingdan ziyod farzandlari Germaniyada ta’lim olishmoqda. Bu haqda Germaniya ta’lim vaziri Bettina Shtark-Vatsinger xabar berdi. 

Parlament deputi Yaroslav Jeleznyakning aytishicha, Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga uzaytirish qonunini qabul qildi. 

“19 fevraldan umumsafarbarlik muddati 90 kunga uzaydi, shuningdek, 2022 yilning 24 fevral kuni Ukrainada e’lon qilingan harbiy holatning navbatdagi muddati yana uzaytirildi”, deb yozdi deputat ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. 

 

 

Abror XON, O‘zA