English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish tajriba sinov tariqasida joriy qilinadi
10:07 / 2024-02-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2024 – 2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba sinov tariqasida quyidagi tartib joriy qilinadi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitish bilan bir qatorda "Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish" hamda "Biznes va kasb-hunarga o‘qitish" yo‘nalishlari bo‘yicha ham ta’lim dasturlarini joriy qilish;

"Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish" yo‘nalishi doirasida - o‘quv jarayonini tashkil etishda asosiy e’tiborni aniq, tabiiy yoki xorijiy til fanlariga qaratish, "Biznes va kasb-hunarga o‘qitish" yo‘nalishi doirasida esa - o‘quvchilarni ishchi yoki raqamli texnologiyalarga oid kasblarga o‘qitish.

2024 – 2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

5-9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10-11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

"Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish" yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10-11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

2024 yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ingliz, koreys, nemis, fransuz, xitoy va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xorijiy til o‘qituvchilari bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi hamda zamonaviy ta’lim metodikalar asosida ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

"Biznes va kasb-hunarga o‘qitish" yo‘nalishi doirasida:

a) o‘quvchilar Milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga mos bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi;

b) o‘quvchilarni kasblarga o‘qitish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ustaxonalar tashkil etiladi va oylik ish haqi oliy ma’lumotli umumta’lim maktabi o‘qituvchisiga tenglashtirilgan "Kasbiy ta’lim ustasi" lavozimi joriy qilinadi;

v) o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlarning biri bo‘yicha kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi:

birinchi yo‘nalish - tadbirkorlik sub’ektlari va hunarmandlarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb qilish orqali o‘quvchilarni ishchi kasblarga o‘qitish;

ikkinchi yo‘nalish - umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kurslarda o‘quvchilarni axborot texnologiyalariga oid zamonaviy kasblarga o‘qitish.  

                                                                                                     O‘zA