Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumiy farovonlik va barqarorlik sari
09:25 / 2025-05-28

Toshkentda "Markaziy Osiyo-2050: Umumiy farovonlik va barqarorlik sari" mavzusida birinchi mintaqaviy forsayt-seminar boshlandi.

Anjuman Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Qozog‘iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan.

Tadbir ishtirokchilari 2050 yilgacha demografiya, energetika, iqlim, suv, transport integratsiyasi va inson kapitali yo‘nalishlaridagi farazlar yuzasidan fikr almashadi. Qolaversa, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi, iqtisodiy jihatdan bir-birini to‘ldirishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Ilk bor o‘tkazilayotgan mintaqaviy forsayt-seminar qo‘shma strategiyalar ishlab chiqish, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi uzoq muddatli muloqotni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir.

Muhokama, munozaralar yakuni, ishlab chiqilgan g‘oyalar, ilgari surilgan tashabbuslar davlat rahbarlarining bo‘lajak Maslahat uchrashuvi kun tartibini shakllantirishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, taraqqiyot, innovatsiya va mintaqaviy integratsiya sohasida barqaror hamkorlik uchun asos yaratadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Wz9hccZGRL0?si=c0_QNikhFXuqvwpt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Doniyor Yoqubov (video),

O‘zA