E’tirof
Yurtimizda mo‘’tabar ayol zotiga ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish yo‘lidagi islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligi yo‘lida ulkan tashabbuslar bilan ishtirok etayotgan ayollar hamisha ehtiromda.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Shuningdek, “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra bir guruh ayollar qatorida xalqimizning suyukli shoirasi Xosiyat Bobomurodova ham mukofotga loyiq ko‘rildi. “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoniga loyiq ko‘rilgan shoira dilidagilarni aytdi.
– Yurtimizda ayollarga e’tibor va yuksak mukofotdan ruhlanib aytishim mumkinki, men umrimning ikkinchi bahorini bugundan boshlayapman, – dedi Xosiyat Bobomurodova.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LnK58OMafIA" title="“Umrimning ikkinchi bahorini bugundan boshlayapman” – Xosiyat Bobomurodova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Nishonboy ABDUVOITOV (video), O‘zA