French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umrboqiy milliy qadriyatlar (+video)
13:40 / 2025-07-02

Poytaxtimizda O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ustalarining hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda G‘ayrat Jo‘rayevning kulolchilik namunalari o‘rin olgan “Bright gallery” galereyasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

G‘ayrat Jo‘rayev Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Yosh kulol ko‘plab milliy va xalqaro ko‘rik-tanlovlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, bir nechta medal va diplomlar bilan taqdirlangan.

Ko‘rgazmada yosh ijodkorning 70 ga yaqin asarlari namoyish etildi. Jumladan, ular orasida «O‘yma naqsh», «Buyuk ipak yo‘li», «Yurakdagi Buxoro», «Ajdar», «Yetti go‘zalning biri», «Hayot daraxti», «Tandir sotayotgan bobo» hamda «Temuriyzoda» kabi panno, ko‘za, lagan va haykalchalar tadbir ishtirokchilarini o‘ziga rom etdi.

Ochilish marosimida hunarmandlarning mahorat darslari ham o‘tkazildi. Xususan, qiziqqan ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan kulolchilik mahsulotlarini yasab ko‘rishdi. Shuningdek, tadbirda kashtachilik, milliy liboslar va misgarlik kabi yo‘nalishlardagi san’at asarlari ham namoyish etildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/RohQrMgOfH0?si=bS8jskw-dF5KAZlg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Nishonboy Abduvoitov (video),

O‘zA