Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umrboqiy meros sohibi
16:23 / 2020-01-29

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ulug‘ mutafakkir shoir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo“ nomli musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun 

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ulug‘ mutafakkir shoir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo“ nomli musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Navoiy g‘azallari asosida professor Rifatilla Qosimov badiiy rahbarligida tashkil etilgan musiqiy kechada iste’dodli yosh ijrochilar bilan birga san’at ustalari ham ishtirok etdi.

Manbalardan ma’lumki, temuriylar davri musiqa san’atining rivojida o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Sozandalik va xonandalik, musiqa ta’limi, bastakorlik ijodi, musiqa ilmi tobora ravnaq topgan edi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatida musiqaning o‘ziga xos o‘rin egallagani ham tasodif emas. E’tiborga molik jihati, Navoiy taxallusining o‘zi ham musiqiy atama “navo” so‘zidan o‘zak olgan.

Shoir g‘azallarining musiqiyligi, mazmunining boy va serqatlamligi, mukammalligi, badiiy jozibasi sababli uning so‘zlari bilan kuylanadigan qo‘shiqlar zamonlar o‘tsa hamki milliy san’atimizdagi eng durdona, xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan, umrboqiy musiqiy asarlar sanaladi.

Kechada ulug‘ mutafakkir g‘azallari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar, shoir ijodidan namunalar yangradi.