Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Umra+” yo‘nalishida kelishuvlarga erishildi
11:11 / 2023-06-09

Buxoro viloyatidagi turistik korxonalar Indoneziyada “Umra+” yo‘nalishida bir qator kelishuvlarga erishmoqda. Bu haqida Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatning delegatsiya a’zolari Buxoroning turistik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Indoneziya, Malayziya, BAA, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Isroil davlatlarida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.  

Indoneziyaning eng yirik assotsiatsiyalardan biri bo‘lgan “SAPUHI”ga a’zo “Patuna Travel”, hamda “CP Travel” rahbariyati hamda Buxoroda faoliyat yuritadigan turistik tashkilot — “TourEast” vakillarining B2B uchrashuvi tashkil etildi.  

“Patuna Travel” va “CP Travel” turistik tashkilotlari Indoneziyada juda mashhur bo‘lib, asosan ziyoratchilarni Haj, Umra, Umra+ safarlariga jo‘natish orqali nom qozongan. Har ikkala tashkilot ham Umra+ dasturi doirasida sayyohlarni Turkiya, BAA, Falastin, Iordaniya davlatlari orqali ziyoratlarini tashkil etish bilan shug‘ullanib keladi.  

Uchrashuvda mazkur yo‘nalish bo‘yicha ziyoratchilarni O‘zbekistonga, xususan, Buxoroda ham sayohatlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 

Buxoro viloyatida so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilgan katta o‘zgarishlar hamda musulmon ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar shuningdek, Buxoro va Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha ziyorat dasturlari xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.    

Uchrashuv yakunida “Patuna Travel” va “CP Travel” turistik tashkiloti vakillarining viloyatga tashrif buyurishi va ular bilan hamkorlikda sayyohlarni Umra+ dasturi doirasida O‘zbekiston, Buxoroga ham sayohatlarini tashkil etishga kelishib olindi.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA