Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umra xizmatlari narxi arzonlashtirildi
14:44 / 2024-01-08

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etilgan Umra xizmatlari qulay, arzon va xavfsiz bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar, tunu kun shifokorlar xizmati, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan. Shu bilan birga eng malakali imom-xatiblardan iborat ellikboshilar jalb etilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida Haj va Umra xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, narxlarini arzonlashtirish, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida Podshohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlashtirishga erishildi.

2024 yil 10 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Haj va Umra» markazida Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16.600.000 so‘m etib belgilandi, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida.  

 

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA