Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umra xizmatiga oid noqonuniy reklama bo‘yicha choralar ko‘rildi
11:42 / 2025-12-11

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida tarqalgan reklamalar qonun talablariga muvofiqligini tekshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, Umra tadbirini tashkil etishga oid reklamalar aholi uchun katta ishonch masalasi bo‘lgani sababli bu yo‘nalish alohida nazoratga olingan.

O‘rganishlar davomida ayrim turoperatorlar litsenziya hujjatlariga ega bo‘lmasdan reklama tarqatgani aniqlandi. Xususan, Navoiy viloyatida “PANORAMA TRAVEL” va “SHAFFOF KICHIKSOY” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Namanganda “Umra Ihlos Sardor domla”, “YUKSAK AHSAN travel” va “Express Parvoz Milliy sayyohlik Operatori” telegram kanallari mansabdor shaxslari ham qonun talablarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Umra safarini bajarish niyatidagi fuqarolarning ishonchi va xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Shu bois, litsenziyasiz xizmat ko‘rsatish, turdosh amallar orqali aholini chalg‘itish holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Raqobat qo‘mitasi bunday holatlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan barcha choralarni qo‘llashda davom etadi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA