Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umra safarlari vaqtincha kechiktirilishi ma’lum qilindi
23:12 / 2026-03-01

Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslikni, ayni paytda o‘sha yerlarda bo‘lib turgan vatandoshlarga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qilgan. 

Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktirilgani ma’lum qilindi. 

Jumladan, 2026-yil 2-mart kuni rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yo‘nalishidagi navbatdagi umra ziyoratchilari reysi ham ma’lum muddatga qoldirilgan. Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan. Yurtdoshlarimizdan ushbu holatni to‘g‘ri qabul qilishlari hamda rasmiy ma’lumotlarga tayanib ish yuritishlari so‘raladi. 

Hamroz Bayonov, O‘zA