Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umra reklamalari nazoratga olindi
11:40 / 2026-02-20

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilayotgan reklamalarning “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ayniqsa, oxirgi paytda fuqarolar orasida katta qiziqish uyg‘otayotgan “Umra” ziyoratini tashkil etishga oid reklamalar alohida diqqat markazida bo‘ldi.

Ma’lumki, Umra ziyorati oddiy sayohat emas, balki har bir musulmon uchun ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan muqaddas amaldir. Shu bois, bunday xizmatlarni taklif etishda shaffoflik, qonuniylik va ishonch eng muhim mezon hisoblanadi. Afsuski, o‘rganishlar davomida ayrim turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklama joylashtirilgani aniqlandi.

Xususan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan “Sharofiddin Travel” hamda “Fayz Tour Travel” MCHJlarga nisbatan qonunbuzilish holatlari qayd etildi. Natijada, belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.  

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan hududiy boshqarmalar tomonidan Telegram tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan 12 ta kanal orqali berilgan reklamalar ham tahlil qilindi. “Marmaristour.uz”, “Umra Ziyorati”, “Muborak safar”, “Saudiyaga sayohat”, “Umra rasmiy” kabi kanallarda qonunchilik talablari buzilgani aniqlanib, ularning mas’ul shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Nigora Rahmonova, O‘zA