Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Umr yo‘llarida” kitobxonlarga taqdim etildi
17:06 / 2023-03-15

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Yoshlar markazida shoir va jurnalist, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Omon Abdullaning “Umr yo‘llarida” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, yosh ijodkorlar, 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

[gallery-10996]

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi mutaxassisi Sh. Jo‘raqulov shoir Omon Abdulla ijodi xususida so‘z yuritdi. O‘quvchi-yoshlar shoir qalamiga mansub she’rlarni yoddan o‘qidi.  

Shuningdek, tadbir doirasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida 10-14 yosh toifasida faxrli 2-o‘rinni egallagan shofirkonlik Malika Tohirova hamda ustozi Gulchehra Shokirova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv yakunida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.  

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA