Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ummon tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini subsidiyalashdagi tajribani o‘rganishga qiziqish bildirdi
20:13 / 2025-07-29

Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha Ikkinchi umumjahon sammiti (UNFSS+4) bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Ummon Sultonligi qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va suv resurslari vaziri Said bin Hamud bin Ahmad al-Xasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikni faollashtirish, eksport-import hajmlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston tomoni gilos, quritilgan mevalar va sabzavotlarni Ummon bozoriga eksport qilishga tayyorligini bildirar ekan, Ummon tomoni ushbu mahsulotlarni import qilishga katta qiziqish bildirdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida. 

Shu bilan birga, xurmo va dengiz mahsulotlarini O‘zbekistonga import qilish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi. 

Tadbirda fitosanitariya sohasidagi hamkorlik ijobiy yo‘nalishda davom etayotgani qayd etilib, bu boradagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Ummon tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini subsidiyalash tizimiga alohida e’tibor qaratib, bu boradagi tajribani o‘rganishga qiziqish bildirdi. 

A.RUSTAMOV, O‘zA