Umidli yoshlarning muloqot maydoni
FOTOREPORTAJ
11-13 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda jamg‘armaning 130 ga yaqin stipendiatlar ishtirok etdilar.
[gallery-12757]
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mohiyati va ahamiyati mavzuida davlat boshqaruvi vakillari, vazirlik-idora rahbarlari, xalqimiz ardog‘idagi insonlar bilan o‘zaro fikr va g‘oyalar almashish maqsadida o‘tkazilgan seminar yoshlar uchun ochiq muloqot maydoniga aylandi.
Tadbir doirasida poytaxtimizdagi qator tashkilot-idoralarga, tarixiy joylarga ekskursiya uyushtirildi.
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA