Umidjon Jalolov jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatida erkin kurash bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu yo‘nalishning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, vazni -65 kg. bo‘lgan Umidjon Jalolov finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda ukrainalik Mikita Goncharovni 3:2, ozarbayjonlik Ayxan Abdullazadani 6:1 va qirg‘izistonlik Bilol Sharip Uuluni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, jahon chempionatining erkin kurash bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 23 ta milliy terma jamoa orasida 6-pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA