Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umida Rahmonova: "Bolalarimiz tajriba quyonchasi emas!" (+video) 
18:31 / 2023-12-22

Ijtimoiy tarmoqlarda kunda-kunora bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilish holatlari haqidagi xabarlarni o‘qib diling xufton bo‘ladi. O‘z farzandingni o‘zingga ishongandek, ishonib topshirgan tarbiya maskanlarida bunday zo‘ravonliklar amalga oshirilishi, shunchaki dahshat.

Toshkent viloyati Keles shahrida yashovchi fuqaro tomonidan uning 2019 yilda tug‘ilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar bog‘chasida jinsiy tegajog‘lik sodir etilganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olganini, Jinoyat kodeksi 129-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova bolalar bilan ishlashni biznesga aylantirish katta xato ekanini ta’kidlamoqda. 

Batafsil 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uNfZrx4rWSA" title="Umida Rahmonova: “Bolalarimiz tajriba quyonchasi emas!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Millat kelajagiga nisbatan bunday munosabat bola uchun mas’ul tashkilotlarni ogohlikka chaqirishi kerak. Deputat aytganidek, kerak bo‘lsa jazo choralarini keskinlashtirish, tarbiya maskanlarida faoliyat yuritadigan kadrlarga nisbatan talablarni oshirish zarur. 

Farzandlarimizni "tajriba quyonchasi"ga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz muhim. Bolalarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bugungi kundagi eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bolaning begonasi bo‘lmaydi. Boshqa birovning bolasiga "ozor berish"dan oldin, o‘zingizning ham farzandingizni ko‘z oldingizga keltiring.

Bolajonlar bugun nafaqat sizning farzandingiz, balki davlat himoyasida ekanligini, "qilmishlaringiz" jazosiz qolmasligini unutmang! Bizni kuzatishda davom eting. O‘zingiz va yaqinlaringizni e’tiborsiz qoldirmang deb qolamiz.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA