Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umida ishga joylashdi
16:53 / 2014-11-11

Termizda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 115 tashkilot, korxona, muassasa va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar 800 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Termizda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 115 tashkilot, korxona, muassasa va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar 800 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xotin-qizlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Joylarda tashkil etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari aholi bandligini ta’minlash orqali oilalar farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Termiz shahar hokimligi, prokuraturasi, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarka ishtirokchilari ta’lim, tibbiyot muassasalari, qo‘shma korxona va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga katta qiziqish bildirdi.

– An’anaviy o‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ko‘plab fuqarolar ish bilan ta’minlanayotir, – deydi Termiz shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Rustam Ahmedov. – Ishga joylashganlar orasida kasb-hunar kolleji bitiruvchilari va xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

– Kollejda zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirganim munosib ish topishimda qo‘l keldi, – deydi ishtirokchi Umida. – O‘zim o‘qigan kollejdagi bo‘sh ish o‘rniga ishga joylashish uchun yo‘llanma olganimdan xursandman.

Umuman, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘tgan davrda olti marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. 515 tashkilot, korxona va xususiy sektordagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 3 ming 754 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etgan tadbirlarda asosan xotin-qizlar va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligi ta’minlandi.