Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umid Esonov 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deya tan olindi
15:11 / 2022-12-31

Poyoniga yetib borayotgan 2022 yil so‘nggida bir qator xalqaro sport tashkilotlari yilning eng yaxshi sportchilari, jamoalari, murabbiylari bo‘yicha g‘oliblar nomini e’lon qilmoqda.

Jumladan, mamlakatimiz mustaqilligi va fidoyi vatandoshlarimizning sa’y-harakati bilan xalqaro sport turi maqomiga ko‘tarilib, O‘zbekistonda asos solingan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) ham yilning eng yaxshilarini aniqladi.

IKA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yil mobaynida o‘tkazilgan qit’a chempionati va jahon chempionatlaridagi hamda turli xalqaro musobaqalardagi o‘ziga xos natijasi tufayli Osiyo va jahon chempionligiga erishgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umid Esonov «Yilning eng yaxshi sportchisi», deya tan olindi.

Eslatib o‘tamiz, U. Esonov joriy yil Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tgan Osiyo chempionati hamda Hindistonning Puna shahrida kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 81 kilogramm vaznda oltin medallarga musharraf bo‘lgan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA