French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umid Ahmadjonov va Xorxe Valdano o‘zaro fikr almashdi
16:30 / 2018-01-21

Madridda Umid Ahmadjonov argentinalik sobiq futbolchi, 1986 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Xorxe Valdano bilan uchrashdi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo‘nab ketgan edi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasining xabar berishicha, 21 yanvar kuni Madridda Umid Ahmadjonov argentinalik sobiq futbolchi, 1986 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Xorxe Valdano bilan uchrashdi.

Xorxe Valdano o‘z vaqtida “Valensiya”, “Real” Madrid kabi klublarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, bir muddat “Real” Madrid futbol klubi bosh direktori sifatida ham ish olib borgan.


Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov Xorxe Valdano bilan O‘zbekistonda malakali futbol murabbiylarini tayyorlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish, bolalar va o‘smirlar futbol murabbiylarining saviyasini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

“Xorxe Valdano jahon futbolidagi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri hisoblanadi. Bu insonning bilimi, yillar davomida to‘plagan tajribasidan unumli foydalangan holda, O‘zbekistonda ham ispan futboli strukturasi, bolalar va o‘smirlar murabbiylarini tayyorlash tizimini barpo qilmoqchimiz.

Xorxe Valdano kabi mutaxassislarning qimmatli maslahatlari O‘zbekiston futbol federatsiyasi ish faoliyatini zamonaviy yo‘nalishda amalga oshirish, o‘zbek futbol klublarini yuqori bosqichga olib chiqish asqotadi, deb ishonaman”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov “Real Madrid” futbol klubi rahbariyati tomonidan “Real Madrid”- “Deportivo” uchrashuvini bevosita “Santyago Bernabeu” stadionidagi prezident lojasidan tomosha qilishga taklif etilgan bo‘lib, uchrashuvdan so‘ng “Qirollik klubi” rahbariyati bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.