Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻldi
15:40 / 2019-03-03

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) oʻz ishini davom ettirmoqda


Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) oʻz ishini davom ettirmoqda. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Axmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etishmoqda.

Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qoʻmitasi va doimiy komissiyasiga aʼzolar saylandi. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qoʻllab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻldi.

Biz Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, mamlakatimizdagi barcha olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan Umid Mahamatdjanovichni yuksak ishonch bilan tabriklaymiz.

Eslatib oʻtamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

“Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga gʻurur bagʻishlaydi, shu bilan birga bu katta masʼuliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qoʻmitasi aʼzolari safidan oʻrin olishdir. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman “, – dedi Umid Ahmadjonov.