Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov AQSH Prezidenti vakillari bilan uchrashuvda uch tomonlama muzokaraga tayyorgarlik va mamlakatni urushdan keyin tiklash masalalari ko‘tarilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jenevadagi muzokara ikki bosqichda kechgan: Amerika tomoni bilan alohida muloqot va Shveysariya ishtirokida uch tomonlama uchrashuv.
Tomonlar iqtisodiyot, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq uzoq muddatli mexanizm mavzularini ham tahlil etishgan. Guruhlar qayta tiklash hujjati, xususan kelgusi jarayon va investitsiya rejasi bo‘yicha batafsilroq ishlashda davom etishga kelishib oldilar.
– Biz keyingi kelishuvlar uchun asos bo‘ladigan xavfsizlik garovi, moliyaviy qarorlar va kelishilgan yondashuvlarni yakunlash ustida ishlayapmiz, –dedi Umerov. – Maqsad AQSH va Rossiya bilan keyingi uch tomonlama uchrashuvni iloji boricha mazmunli, samarali o‘tishini ta’minlash.
Tadbirlardan so‘ng Umerov “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi rahbari David Araxamiya hamda AQSH vakillari Stiven Uitkoff va Jared Kushner bilan birga Prezident Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdi.
S.Rahimov, O‘zA