Umaraliyeva Nargiza Tashkinbayevnaning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Boshqaruv funksiyalari turli chegaralanishli dinamik o‘yinlar va ularning animatsion modellari” mavzusida
Umaraliyeva Nargiza Tashkinbayevnaning 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha “Boshqaruv funksiyalari turli chegaralanishli dinamik o‘yinlar va ularning animatsion modellari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.05.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 1-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona shahar, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy.
Tel.: (+99873) 244-44-02, faks: (+99873) 244-44-93.
e-mail: fardu_info@umail.uz