English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulug‘norda jismoniy imkoniyati cheklangan ayollarga nogironlik aravachalari topshirildi
19:24 / 2021-09-29

Ulug‘nor tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, jismoniy imkoniyati cheklangan bir guruh xotin-qizlar holidan xabar olinib, ularga turli jihoz va vositalar topshirildi.

Tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi turli mahallalarda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan bir guruh xotin-qizlar holidan xabar olinib, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ularga nogironlik aravachalari va eshitish moslamalari taqdim etildi.

– Maqsadimiz, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning ko‘nglini ko‘tarish, ularni qiynayotgan muammoni bartaraf etishga ko‘maklashish, – deydi tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nigoraxon Jabborova. – Tumanimizda hech bir imkoniyati cheklangan e’tibordan chetda qolmaydi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar bundan buyon ham reja asosida olib boriladi.

Ayni kunda Ulug‘nor tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 921 nafar ayolning 47 nafari ijtimoiy muhofazaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ayollardir. Joriy yilning birinchi yarmida ularning 40 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

– Hukumatimizga, Prezidentimizga rahmat, – deydi Mingbuloq mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Sohibaxon Yuldasheva. – Ochig‘i, meni eslab, holimdan xabar olishganidan, nogironlik aravachasi berilganidan boshim ko‘kka yetdi. Mana shunday xayrli ishlar boshida turgan insonlar hamisha omon bo‘lsin. Yurtimizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Ayni kunda tumanda istiqomat qilayotgan nogironlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini muhofaza qilish, muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA