Ulug‘bek va Svetlana reyting orqali Olimpiadaga yo‘l oldi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) "Parij-2024" Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ulug‘bek Rashitov (-68 kg.) va Svetlana Osipova (+67 kg.) “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz birinchi bor reyting orqali ikkita yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Shuningdek, qizlarimiz ham ilk marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda. Umid qilamizki, sportchilarimiz to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida yuksak natija qayd etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA