Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulug‘bek Qosimov testga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
10:00 / 2024-07-11

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Denov tumanida 2024-2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binolarda bo‘lib, ularda abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Viloyatda joriy yilgi test sinovlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasining birinchi va ikkinchi zallari, Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ikkita zali, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov jamoat salomatligi texnikumi hamda tuman sport maktabining sport zallarida o‘tkaziladi. Bir smenada 2 ming 490 abituriyentni qabul qilishga mo‘ljallangan binolarda test sinovlarini ommaviy topshirish uchun barcha qulaylik mavjud. Bulg‘usi talabalarning ota-onalari va yaqinlari uchun barpo etilgan kutish joylarida jarayonlarni bevosita kuzatib borish uchun monitorlar o‘rnatilgan, madaniy hordiq olish joylari tashkil etilgan.  

Ulug‘bek Qosimov bino-inshootlarni ko‘zdan kechirib, tevarak-atrofni obodonlashtirish, tozalikka e’tibor qaratish, kutish joylarida qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.  

Shu kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” ham bo‘lib o‘tdi. Unda 260 ga yaqin yigit-qiz ishtirok etib, viloyat rahbari bilan ochiq muloqot qildi. Taklif va g‘oyalarini o‘rtaga tashladi. Uchrashuvda ilgari surilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalarni berdi. Oliy ta’lim muassasalarini a’lo baholarga tugatgan bir guruh bitiruvchi yigit-qizlarlarga diplom topshirildi.  

Viloyat rahbari, shuningdek, Denov tumanidagi Qizilsuv daryosi bo‘yida barpo etilayotgan yoshlar saylgohida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishib, mas’ul rahbarlarning axborotlarini tingladi. Barcha ishlarni tez, sifatli bajarish yuzasidan galdagi vazifalar belgilab berildi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri