Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulug‘bek Qosimov: “Gazeta, jurnal o‘qishning ham o‘z o‘rni, o‘z gashti bor”
16:25 / 2023-08-19

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari tahririyatida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolarni o‘rgandi.

Ijodkorlar va texnik xodimlarning ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Tahririyat bosmaxonasi, kutubxona, oshxona va sport zali bilan tanishdi. 

–Internet tarmog‘i kundalik yangilik va turli xabarlar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor tanishish imkoniyatini yaratdi, – dedi Ulug‘bek Qosimov.– Shuning uchun ham ko‘pchilik o‘ziga qulay bilib, kundalik axborotga bo‘lgan ehtiyojini ijtimoiy tarmoq orqali qanoatlantirishga odatlandi. Biroq, virtual olamda inson ma’naviyatini oshiradigan, chuqur mushohadaga undaydigan maqolalardan ko‘ra asoslanmagan yoki bir taraflama fikr yuritilgan material ko‘p. Bu ayniqsa, yosh avlodni chalg‘itib qo‘yishi mumkin. Shu bois ota-onalar har kuni ozgina vaqt sarflab, kitob, gazeta, jurnal mutolaa qilishi va farzandlarini ham shunga o‘rgatishi kerak. Yoshlarning ko‘z nurini asrashi, savodxon, yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lishida gazeta, jurnal o‘qishning ham o‘z o‘rni, o‘z gashti bor. 

“Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalarining o‘quvchilariga ma’naviyat va ma’rifat ulashib kelayotganiga 90 yildan oshdi. Ayni kunlarda “Surxon tongi” 3 ming 500, “Zarya Surxana” ming nusxada chop etilmoqda.

Viloyat rahbari gazetani yanada o‘qimishli chop etib, o‘quvchilari safini kengaytirish, zamonaviy binoda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, bosmaxonada chop etilayotgan gazetalar sifatiga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA