Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uloq-ko‘pkari turnirida eng munosiblar g‘olib bo‘ladi
11:24 / 2023-03-27

Termizda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining oltita jamoasi ishtirokida o‘tkazilayotgan xalqaro uloq-ko‘pkari turnirining yarim final hamda final o‘yinlari juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Prezidentimizning 2021 yil 5 avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan bellashuv O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston uloq-ko‘pkari federatsiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan.  

Ayni paytda maydonda “O‘zbekiston 1” va Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoalari yarim final bahsida uchinchi o‘rin uchun o‘zaro bellashmoqda.    

Uchinchi o‘rin bellashuvi yakunlangach, final o‘yinida Qozog‘iston va Qirg‘iziston jamoalari turnir g‘olibligi uchun maydonga tushadi.  

Xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallagan jamoa 100 million, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan chavandozlar 75 million va uchinchi o‘rin sohiblari 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, qator nominatsiyalar g‘oliblarini turnir tashkilotchilarining qimmatbaho sovg‘alari ham kutmoqda.  

Musobaqa qizg‘in bahslar bilan davom etmoqda.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,  

O‘zA muxbiri