Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uloq-koʻpkari chavandozlarning epchilligini koʻrsatdi
14:00 / 2025-12-20

Bekobod tumanida milliy anʼanalarimiz va xalq oʻyinlarini yanada rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida uloq-koʻpkari oʻtkazildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur musobaqada Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasidan kelgan tajribali uloqchi polvonlar ishtirok etib, musobaqaning saviyasi va qiziqarliligini yanada oshirdi. Qariyb 1 ming 500 nafarga yaqin chavandozlar uloqchi otlari bilan ishtirok etdi.

Ochilish marosimida tashkilotchilar soʻzga chiqib, bu kabi milliy xalq oʻyinlari hududlarda aholini birlashtirishi, chavandozlar iqtidorini koʻrsatishga imkon yaratishi, yoshlarni professional sportchilar sifatida tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hosila Rahimova oʻzining dilbar qoʻshiqlari bilan ishtirok etib, barchaga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Musobaqaga hududdan tomosha qilish uchun 8 ming nafarga yaqin muxlislar jam boʻldi. Ular uchun zarur sharoit yaratilib, xavfsizligi taʼminlandi.

Gʻolib jamoa va faol chavandozlar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi. Xususan, qimmatbaho sovgʻalar, 40 ta qoʻchqor, 40 ta toy, 40 ta nortuya, avtomobillar hamda bosh sovrin sifatida 4 xonali uy oʻz egalariga topshirildi.

Mazkur musobaqa Oʻrta Osiyo miqyosidagi nufuzli sport tadbiriga aylanib ketdi.

A.Musayev, OʻzA.