FOTOREPORTAJ
Xalqimizda ot azaldan er kishining ishonchli yo‘ldoshi sifatida e’zozlab kelingan. Shu bois bugungi kunda ham ot ishqibozlari orasida uloq-ko‘pkariga bo‘lgan qiziqish yuqori. Zero, ot haqida so‘z ketganda, ko‘z oldimizda avvalo uloq-ko‘pkari manzaralari gavdalanadi.
O‘ziga xos tartib-taomiliga ega ushbu milliy o‘yin ma’lum bir davr to‘xtab qolgan edi. Keyingi yillarda xalqona urf-odat va an’analarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida uloq-ko‘pkari yana tiklandi. Bugun u turli bayramlar, xalq sayillari doirasida keng nishonlanib, katta musobaqalar o‘tkazilmoqda. Eng muhimi, to‘y uloq-ko‘pkarilari ham xalq orasida yana qayta jonlanmoqda.
[gallery-27307]
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan “Sohibqiron” uloq-ko‘pkari maydonida ham hudud aholisi tomonidan katta uloq-ko‘pkari o‘tkazildi. Albatta, bunday musobaqalarda sovrin ikkinchi darajali masala. Asosiy ahamiyatga molik jihati — ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan uloq-ko‘pkarining xalq orasida yanada ommalashib, avloddan avlodga davom etayotganidir.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA