Shu kunlarda Xiva shahrida “Xiva – Islom dunyosining turizm shahri” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir jarayonlarini bevosita keng targ‘ib etish maqsadida Xivaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy jurnalistlar uchun Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan “Ulli hovli” tarixiy majmuasiga press tur tashkil qilindi.
Uzoq yillardan beri saqlanib kelayotgan ushbu tarixiy yodgorlik o‘zgacha me’moriy ko‘rinishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
“Ulli hovli” ikki xalq – o‘zbeklar va turkmanlardan tashkil topgan mahallada joylashgan.
Ushbu majmua 1640—1694-yillarda, Abulg‘ozi Bahodirxon davrida bunyod etilgan.
Hovli bir gektar maydonni egallagan himoya qo‘rg‘oni bilan o‘ralgan. Ichki va tashqi devorlar paxsadan qilingan. Qurilish maretiallari uchun mahalliy xom-ashyolardan, soz tuproq va yog‘ochlardan foydalanilgan.
Majmua hududida sayyohlik uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
"Ulli-Xovli"da eski fotosuratlar, xunarmandlar ustaxonalari, 20 o‘rinli mini-mehmonxona qurildi. Milliy o‘yinlar, kurash musobaqalari, san’atkorlar chiqishlari, folklor tomoshalar, o‘zbek va turkman milliy taomlar tayyorlanib taqdim etilmoqda. Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun ajoyib muhid yaratilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iuV7CRQhgAo" title="“Ulli hovli” tarixiy majmuasiga press-tur tashkil qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo Madaminova, O‘zA