Ulkan va ko‘rkam bayroq ostida
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqandda ham keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Dastlab Samarqand shahridagi Registon maydonidan Ko‘ksaroy maydonigacha marafon tashkil etildi. Unda harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ko‘ksaroy maydonida o‘rnatilgan ulkan bayroq ostida esa talaba va o‘quvchi yoshlar, ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rgazmalar, suratlar tanlovlari uyushtirildi.
Ayni paytda Samarqandda qor yog‘moqda, havo harorati biroz pasaygan, ammo odamlarning kayfiyati yuqori, shijoati baland.
O‘zA