Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekistondagi o‘n mingdan ziyod umumta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” yangradi. O‘zbekiston mustaqilligining 34 yillik bayramiga uyg‘un holda o‘tayotgan Bilimlar kuni Qibray tumanida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Joriy yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘rta ta’lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida o‘tkazilgan bo‘lib, unda maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Bu haqda Xalq deputatlari Qibray tumani kengashideputati Doniyor Yusupov quyidagilarni gapirib berdi:
– 2025/2026 o‘quv yilida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 42 ta maktabga jami 2580 nafar o‘quvchi 1-sinfga qadam qo‘ygan bo‘lib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Ushbu shukuhli ayyomda “Birinchi qo‘ng‘iroq”lar jarangi ostida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlar va ularning ota-onalarini alohida qutlab, o‘zimizning eng ezgu tilaklarimizni izhor etdik. Bu yilgi o‘quv jarayonida ham o‘quvchilar bilimda va kitobxonlikda, bilimlar bellashuvi va sport sohalarida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirildi. Mazkur tadbirda o‘quvchilarga xalqimizning mustaqillikni qo‘lga kiritishi, ozodlik va erk uchun kurashgan fidoyi mard o‘g‘lonlar hayoti to‘g‘risida o‘quvchilarga keng qamrovdatushunchalar berildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarnatijasida ta’lim sohasiga tubdan yangicha ruh va mazmun kirib kelmoqda. Bu sa’y-harakatlar, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga sadoqatli, bilimli va yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularning iqtidorini rivojlantirish va nurli kelajagimiz uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
Bugun ta’lim maskanlarining ostonasidan ilk bor kirib kelayotgan qariyb bolajonlarimizning ko‘zlaridagi porloq umid va ulug‘ orzular nafaqat ularning ota-onalari, yaqinlari, balki barcha ustoz vamurabbiylarimizning qalbida ham muhrlanib qoladi. Chunki bilim olishga qadam qo‘ygan har bir farzandimiz yurtimizning ertangi kuni, bizning eng katta suyanchimiz va ishonchimizdir.
O‘quvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, yoshlarni nafaqat tuman yoki viloyat, balki respublika miqyosidagi turli ko‘rik-tanlovlar,sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, bellashuvlar kabi tanlovlarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishganligi kelgusidagi rejalarimiz va maqsadlarimizni bardavom qo‘yishga zamin yaratadi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangragach, barcha sinflarda “Mustaqillik” (“Kelajak soati”)dars mashg‘ulotlari o‘tildi. Unda o‘quvchilarga milliy mustaqillik ahamiyatini anglash, istiqlol yo‘lida jafokash xalqimiz ko‘rsatgan matonati, Yangi O‘zbekistonning bunyod etilishida mamlakatimiz Prezidenti olib borayotgan mustaqil, xalqparvar siyosatning mohiyatii xususida ta’sirli ma’lumot va ko‘nikmalar berildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad esa yurtimiz faravonligini ta’mirlash barobarida o‘g‘il-qizlarimizning hech kimdan kam bo‘lmay, barkamol bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlarga qaratilgani bilan e’tiborlidir.
O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva
yozib oldi.