Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulkan islohotlar, bunyodkorlik jarayonlari tabiatni asrash harakatlari bilan uyg‘unlikda amalga oshiriladi
12:44 / 2023-06-10

Keyingi yetti yil davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlarda ham atrof-muhitni, tabiatni asrash, tabiiy zaxiralardan unumli va tejamkor foydalanish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish masalalariga ustuvor vazifalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yil 30 may kuni bo‘lib o‘tgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI s’ezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturida ham yaqin kelajagimizda faoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin tutuvchi beshta strategik maqsadning uchinchisi aynan shu dolzarb masalaga qartilgani bilan ahamiyatlidir.

Qayd etilganidek, “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, sanoatda “yashil sertifikat”lar bozori yaratish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada kengaytirish, avtobuslar to‘liq ekologik toza elektr yoki gaz yonilg‘isiga o‘tkazish kabi bir qator muhim jarayonlar bilan birgalikda O‘zbekistonda 2030 yilga qadar ekin maydonlarini to‘liq suv tejaydigan texnologiyalarga o‘tkaziladi.

Buning uchun dalalarga suv yetkazadigan ob’ektlar fermer va klasterlar boshqaruviga beriladi. Suv yetkazish tizimiga Turkiya, Ispaniya, Xitoy kabi davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi. Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada rag‘batlantiriladi.    

Diqqatga sazovor yana bir xayrli tashabbus, barcha davlat idoralari, korxonalar, oliygohlar o‘zlarining “yashil bog‘lari”ni tashkil qiladi. Endi, yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh barpo etish majburiy talab qilib qo‘yiladi. Barcha qishloq va shaharlar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olinadi, ularni qayta ishlash esa kamida 65 foizga yetkaziladi.

Hududlarga tayinlanadigan yangi hokimlar, o‘sha hududda ekologik audit o‘tkazishi, natijalari bilan keng jamoatchilikni boxabar qilib borishi esa mutasaddilarning tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan yondashuvini keskin o‘zgartirishga turtki beradi. Chunki, hudud aholisi suv va havo tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish darajasi bo‘yicha aniq masalalalarni bevosita hokim oldiga qo‘yishiga imkon yaratiladi.

Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan bu vazifalar yangilangan Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yildi.  

Endilikda davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi, fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu bilan birga hukumatning atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasidagi mas’uliyati belgilandi.

Shaharlarning bosh rejalarini jamoatchilik muhokamasidan majburiy o‘tkazilishi shartligi haqidagi konstitutsiyaviy qoida hozirgi sharoitda tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan shaharsozlikka oid masalalarni xalqimiz bilan bamaslahat yechish imkonini beradi.

Go‘zal tabiatimiz va atrof-muhitni asrab-avaylash, uni kelajak avlodga yetkazishda Vatanimiz taqdiriga, farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizga alohida mas’uliyat yuklaydi.

Saylovoldi dasturida belgilangan bu vazifalar bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib, buni butun xalqimiz yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Erkin XOLMATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat kengashi raisi,

Jizzax viloyat tabiat resurslari

boshqarmasi boshlig‘i,

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

O‘zA