Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulkan bayroq bilan yurish marafoni
15:14 / 2022-01-13

Farg‘ona viloyatida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va festivallar o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan viloyat hokimligi yonida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining viloyatdagi harbiy qismlari ofitser, serjant, askarlari va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi. Mazkur hududdan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyigacha bo‘lgan masofada tantanali yurish bo‘lib o‘tdi. Mazkur parad davomida rekord darajadagi – hajmi 1100 kvadrat metr bo‘lgan bayroq olib o‘tildi. 

[gallery-5418]

– Sharqiy okrug Farg‘ona shahar havo desantchilaridan iborat 120 kishilik tarkib bilan 10 kilometr masofaga tantanali yurishni amalga oshirdik, – deydi mayor Hasan Mamatqulov. – Tantanali yurishda qatnashish uchun nafaqat harbiylar, balki yoshlar, ko‘ngillilarning kelib qo‘shilishidan boshimiz osmonga yetdi. Chunki bunday tadbirlar odamlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga, vatan va jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shishga undashi shubhasiz.  

Tantanali yurish davomida harbiy orkestr, harbiy ansambl ijrosida vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar Farg‘ona ko‘chalari bo‘ylab yangradi.  

 

M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA