Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulgurji iste’molchilar 85 milliard so‘m miqdorida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan – Energetika vazirligi
16:27 / 2023-02-07

Joriy yilning yanvar oyida Ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 million metr kub hajmda, ya’ni 85 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

O‘rganishlarga ko‘ra, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari, asosan Buxoro viloyatida 37,9 million metr kubni, Qashqadaryoda 25,1 million metr kubni, Toshkent viloyatida 13,2 million metr kubni, Navoiyda 3,5 million metr kubni, Farg‘onada 1,3 million metr kubni tashkil etgan.

Bunda AGTKSHlarda 20 ta, issiqxonalarda 30 ta, ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta noqonuniy holat aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborildi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

O‘zA