Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulgurilmagan ta’mirlash ishlari, yetishmayotgan o‘quv jihozlari: Qashqadaryoda maktablar yangi o‘quv yiliga tayyormi?
10:11 / 2022-08-21

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Guruhga hududiy tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamrohlik qildi.

Ta’kidlash joizki, Qashqadaryo viloyatida maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlashda tayanch maktablar imkoniyatidan samarali foydalanilgan.

Xususan, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktablarda fanlar kesimida o‘qituvchilarga milliy o‘quv dasturi asosida yangi metodikalarga o‘rgatish yuzasidan uslubiy yordam ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Ishchi guruhi tomonidan bu jarayonga hududiy pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi jalb etilib, tayanch maktablarda sayyor o‘quvlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan viloyat maktablarida Investitsiya va boshqa dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 19 ta maktablarda qurilish ta’mirlash ishlari yakunlangan, 28 ta maktablar avgust oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Biroq ularni o‘quv mebellari bilan jihozlash ishlarida oqsoqliklar kuzatilmoqda. Xususan, Qarshi tumanidagi 68-maktabda «Obod mahalla» dasturi doirasida 300 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilgan.

Lekin jihozlash ishlari yangi o‘quv yili boshlangunicha amalga oshirilmaslik xavfi yuqori. Chunki bugungi kungacha maktabni o‘quv mebel jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmagan.

Shuningdek, Dehqonobod tumanidagi 70-maktabda 420 o‘rinli yangi bino qurilishi muddati 25 avgustdan 10 oktyabrga uzaytirilgan. Lekin, quruvchi tashkilot tomonidan olib borilayotgan ishlar sust ketmoqda, o‘rganish kunida 28 nafar ishchi tomonidan qurilish materiallari zaxirasini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

2022-2023 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 3- , 6- , 7-, 10-sinf o‘quvchilari uchun to‘liq to‘plamda darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni chop etib, joylarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yil 10 avgust holatiga viloyatga yangidan chop etilgan 7-sinf darsliklari umuman yetib bormagan. Maktablarini darsliklar bilan ta’minlanish darajasi o‘rtacha 30 foizni tashkil etadi.

Masalan, Ko‘kdala tumanidagi 4-maktabda 11-sinflar uchun, 16-maktabda 6, 7, 8-sinflar uchun, 22-maktabda 4, 5, 6, 8, 9, 10, 11-sinflar sinflar uchun darsliklar to‘liq yetishmaydi.

Viloyat bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyoj 1 stavka hisobidan 395 nafarni tashkil etgan. Ehtiyojning asosiy qismi ingliz tili (103), rus tili va adabiyoti (106), ona tili va adabiyoti (28), matematika (23), informatika (15) fanlari o‘qituvchilaridir.

Faoliyati o‘rganilgan Nishon tumanidagi 22-maktabda 4 nafar, 23-maktabda 5 nafar, Qarshi tumanidagi 54-maktabda 6 nafar, 31-maktabda 2 nafar, o‘qituvchilarga ehtiyoj mavjud. Bunday holatlar faoliyati o‘rganilgan deyarli barcha maktablarda uchratish mumkin.

O‘rganish natijalariga ko‘ra bugungi kun holatiga 738 ta maktablarda jihozlash ishlari oxiriga yetkazilmagan. Xususan, 193 ta maktablarda o‘quv xonalari, 219 ta maktabda foye va koridorlar, 116 ta maktablarda maxsus fan kabinetlari yangi o‘quv yiliga tayyor emas. Shuningdek, 223 ta maktablarda obodonlashtirish ishlari oxiriga yetkazilmagan.

O‘rganishlar davomida maktablarni o‘quv yiliga sifatli tayyorlash bo‘yicha yo‘l xaritalarini shakllantirish, ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zA