So‘rovnoma
2023 yil ham yakunlanib boryapti. Tabiiyki, ko‘plab talabalar turli bayramlarni oila davrasida o‘tkazish uchun uylariga yo‘l oladi.
Xo‘sh, ular “qaysi transport vositasidan foydalanyapti”, “chegirmali chiptalarni olishga ulgurdimi? Bayram oldi viloyatlik talabalar o‘rtasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdik.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ma’lum qilishicha, 20 dekabr soat 09.00 holatiga ko‘ra, 12 ming 789 nafar talaba 50 foizli chegirmada chipta olishga ulguribdi.
2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar amal qiladigan chegirmalar faqat mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlari uchun belgilangan. Ya’ni bu imtiyoz SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” e’lon qilgan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun chegirma shu yil 23 dekabrdan keyingi yil 7 yanvarga qadar amal qiladi.
Aytgancha, poyezdlarga chegirma 12 dekabr kuni, samolyotga esa, ertaroq – 5 dekabr kuni e’lon qilingandi.
Siz, yarim baravarga arzonlashgan chiptani olishga ulgurdingizmi? Fiklaringizni izohlarda yozib qoldiring.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SgPPfDMvTok" title="“Ulgurdim”, “ulgurmadim”, “xabarim yoʻq” – talabalar chegirmali chiptalarga ulgurdimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>B.Xudoyberdiyev, M.Madaminova,
A.Alijonov (video) tayyorladi.