Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ular Tokioga borishadi: Mirazizbek Mirzaxalilov
19:46 / 2021-05-28

Mirazizbek Mirzaxalilov kolleksiyasini Olimpiada oltini bilan to‘ldirishga ahd qilgan

Boks bo‘yicha terma jamoamiz vakillari orasida Mirazizbek Mirzaxalilovdan ham katta natijalar kutmoqdamiz. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi “Ular Tokioga borishadi” loyihasining ushbu sonida quvalik bokschi faoliyati haqida so‘z yuritiladi.

Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li Mirzaxalilov 1995 yil 27 fevral kuni Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 2006 yildan boks bilan shug‘ullanadi. Murabbiyi Bahodir Erkayev.

Bokschimiz 2014 yildan asosiy yutuqlarga erisha boshlagan. Mamlakat chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so‘ng terma jamoa tarkibiga qabul qilindi. -56 kg vazn toifasida 2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida, bir yil o‘tib Bangkokda o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2019 yil Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida ham bokschimiz tengsiz ekanligini isbotladi. Uning kolleksiyasidan Olimpiada oltin medalining joy olishi qolgan xolos.

Joriy yilning 3 aprel kuni “Humo arena” muz saroyi mezbonlik qilgan professional boks oqshomida o‘z debyutini o‘tkazdi va muddatidan avval g‘alabaga erishdi.

M.Mirzaxalilov hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2020 yil Iordaniyada o‘tgan Osiyo-Okeaniya litsenzion musobaqasidagi ishtiroki orqali "Tokio–2020" Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan.