Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ular nafaqa yoshida turmush qurishdi
15:26 / 2020-06-23

Koʻngil yosh, hali hayotdan umidimiz katta, uzoq yillar baxtli hayot kechirmoqchimiz, degan vatandoshlarimizni havas bilan koʻp bora kuzatganmiz.


Koʻngil yosh, hali hayotdan umidimiz katta, uzoq yillar baxtli hayot kechirmoqchimiz, degan vatandoshlarimizni havas bilan koʻp bora kuzatganmiz. Bu umr deganlari qirqda qirchillatib, elikka eltganidan soʻng ana shunday yoshda turmush qurganlarni va ularning bir olam oppoq orzularini tushunib yetarkansiz.

62 yoshli Vadim Antipov Fargʻona shahrida istiqomat qiladi. Nukuslik xususiy maktab oʻqituvchisi Natalya Chagay bilan tanishganlariga bu yil 4 yil boʻladi. Sharʼiy nikohdan soʻng ular toʻgʻri Fargʻona shahridagi 1-son FHDYO boʻlimiga ariza bilan murojaat qilishib, quvonch bilan baxtli oilasiga qonuniy tus berishdi.

Xoʻsh, nima boʻpti dersiz. Bilasizmi, gap nimada. Mamlakatimizda oʻrta yoshdan keyin turmush qurgan fuqarolar orasida nikohni qayd etish guvohnomasi endi shart emas, oʻzi shartimiz ketib partimiz qoldiku, deydiganlar ham talaygina. Bu hayotiy fakt. Lekin ushbu hujjat hayotda yuzaga keladigan turli vaziyatlarda shaxsning huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilishini unutmaslik kerak.

Birgina Fargʻona viloyati FHDYO boʻlimlari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 33 ming 579 dona tugʻilganlik, 5 ming 779 dona nikoh tuzilganlik haqidagi dalolatnoma qayd etilgan.

– Afsuski, dalolatnomalarni rasmiylashtirish borasida fuqarolarimiz orasida hali ham befarqlik holatlari bor, – deydi Davlat xizmatlari agentligiFargʻona viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi Shaxnoza Imomova.– Lekin tushuntirish va targʻibot ishlari hamda mahallalardagi faollar bilan ishlash natijasida bu raqamlarni sezilarli tarzda qisqartirishga erishdik. Masalan, 2020-yilning 1-iyun kunigacha viloyatda 831 ta sharʼiy nikoh bilan cheklangan oilalarni qonuniylashtirdik. 85 ta muddati oʻtgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarni rasmiylashtirdik. Ayni kunlarda yoshlarning nikoh va bu bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish borasida dunyoqarashlari ijobiy tomonga oʻzgarib borayotganidan xursandmiz. Masalan, viloyatda oʻtgan 5 oy davomida 7300 dan ortiq juft yoshlar rasmiy nikohdan oʻtish uchun ariza bergan. Eʼtiborli jihati shundaki, pandemiya sharoitida, yaʼni joriy yilning 1-iyunidan 12-iyuniga qadar fargʻonalik 1000 juftdan ortiq yosh “30 kishilik toʻy” bilan oila qurishdi.

Xulosamiz shuki, hayotda oʻzini va taqdirini hurmat qiladigan har bir fuqaro nikoh, tugʻilganlik va shu kabi hujjatlarni rasmiylashtirishda doimo hushyor tortadi. Chunki bu kabi rasmiy guvohnomalar kelajakda davlat va jamiyat bilan muomalada asosiy tamal toshini qoʻyadi.Aslida gap mana shunda.