“Ular Germaniyada o‘qigan edilar...” kitobidagi tergov hujjatlari haqida
Nasiba Po‘lotjonovna BOZOROVA filologiya fanlari nomzodi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada adabiyotshunos Sherali Turdiyev tomonidan sobiq sovet Davlat xavfsizlik komiteti hujjatlari, tergov materiallari, XX asrning 20 yillari matbuoti sahifalarida e’lon qilingan maqola, xabarlar asosida tayyorlab chop etilgan “Ular Germaniyada o‘qigan edilar” kitobining jadid ma’rifatparvarlar hayoti, izlanishlari, maslagini o‘rganishdagi o‘ziga xos ahamiyati, ma’naviy-ma’rifiy qiymati haqida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: jadidchilik, milliy ozodlik, arxiv hujjatlari, hamkorlik, ma’rifat, ilm-fan, qatag‘on qurbonlari, istiqlol, Turkiston, Germaniya, so‘rov-anketa.