"Ular borki, dillar shod, shahrimiz esa obod!” yoxud sinovda sinalganlar rag‘batlantirildi (+video)
Mamlakatimizga kutilmaganda kirib kelgan sovuq ob-havo sharoiti ko‘plab sohalarda noqulay vaziyatlarni, energetika va gaz, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, yerosti suv quvurlarida nosozliklarni yuzaga keltirdi. Qalin yoqqan qor va qattiq shamol esishi natijasida singan daraxtlar yo‘llarni to‘sdi. Ammo bugun oramizda shu kabi muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilayotgani, fuqarolarning tinch va osoyishta yashashlari uchun o‘z oromi, salomatligidan kechib, xizmat vazifasini ado etib kelayotgan kamtarin insonlar borligi quvonarli.
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan kasbiy faoliyati davomida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan haqiqiy fidoiy xodimlar rag‘batlantirilmoqda. Ularga dam olish maskanlari uchun yo‘llanmalar tarqatilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RmWahZqfWYM" title=""Ular borki, dillar shod, shahrimiz esa obod!” yoxud sinovda sinalganlar rag‘batlantirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA