Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulan-Batorda O‘zbekiston talabalar sporti e’tirof etildi
14:29 / 2025-10-22

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida birinchi marta Osiyo universitetlari sport federatsiyasining anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda universitetlarning sport tashkilotlari, federatsiya va assotsiatsiya rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari ham anjumanda faol qatnashdi. Ular tomonidan mamlakatimizda talabalar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sport infratuzilmasini takomillashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasining taqdimoti Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi rahbariyati tomonidan eng yaxshi taqdimotlardan biri sifatida e’tirof etildi. Federatsiya mutasaddilari Assotsiatsiyaning bir qator loyihalarini yuqori baholab, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Bu e’tirof O‘zbekiston talabalar sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirib, mamlakatimiz yoshlarini sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA