Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulan-Batorda “O‘zbekiston — Buyuk Ipak yo‘li durdonasi” turizm forumi bo‘lib o‘tdi
21:53 / 2025-06-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga amalga oshirayotgan davlat tashrifi doirasida, 2025 yil 23 iyun kuni Ulan-Bator shahrida “O‘zbekiston — Buyuk Ipak yo‘li durdonasi” mavzusida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

O‘zbekiston - Mo‘g‘uluston Xalqaro turizm forumi o‘tkazildi

Forumda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari J. Abdusalomov, Mo‘g‘uliston madaniyat, sport, turizm va yoshlar ishlari vaziri Chinbatyn Undram, Mo‘g‘uliston turizm uyushmasi prezidenti Damba Gantemur, "Hunnu Air" aviakompaniyasi tijorat direktori Tserenxu Turbold hamda ikki mamlakatning 150 dan ortiq turizm sohasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi keng qamrovli taqdimotlar namoyish etildi. Jumladan, mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, yangi sayyohlik maskanlarining yaratilishi, zamonaviy infratuzilmalar, ekologik, ziyorat hamda gastronomik turizm yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar batafsil yoritib berildi.

Ayniqsa, forum ishtirokchilarining e’tiborini O‘zbekistonning tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Toshkentdagi noyob me’moriy obidalar, UNESSO merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy maskanlar, milliy hunarmandchilik markazlari va boshqa tarixiy-madaniy boyliklar tortdi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan «B2B» va «G2B» uchrashuvlarda O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning turizm sohasi vakillari ishtirok etib, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Natijada ikki tomonlama shartnomalar imzolash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi va sayyohlar almashinuvini oshirish rejalashtirilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/aGcpbfIRkQk?si=AYqhNbhjHB_gIJDw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin NURIDDINOV,

Anvarxo‘ja AHMEDOV,

O‘zA