Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainaning davlat qarzi ma’lum qilindi
12:49 / 2023-10-03

Ukrainaning davlat qarzi avgust oyida yana milliard dollar ko‘payib, jami 134 milliard dollarga yetdi, deb ma’lum qildi mamlakat moliya vazirligi.

Avgust oyi oxirida ushbu miqdor 132 milliard dollardan oshgani, iyul oyida 4 milliard dollar ko‘paygani e’lon qilingan. Avvalroq sobiq Bosh vazir Nikolay Azarov ayni ko‘rsatkich yil oxirigacha 173 milliard dollarga yetishi mumkinligini aytgandi.

Iyun oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan Ukrainaning davlat qarzi 2023 yil YAIMning 88,1 foizini, 2024 yil 98,6 foizini tashkil etishi, 2025 yil esa 100,7 foizga yetishi bashorat qilingan.

15 sentyabr kuni Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal hukumat 2024 yil uchun byudjet loyihasi qabul qilingani, hujjatda harbiy xarajat 45,6 milliard dollar etib belgilanganini ma’lum qildi.