Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainalik olimpiyachi musobaqadan nega chetlashtirildi?
14:05 / 2026-02-13

Milan qishki Olimpiadasida ukrainalik skeleton poygachisi Vladislav Geraskevich Rossiya bilan urush tufayli halok bo‘lgan ukrainalik sportchilar siymosi tushirilgan “xotira dubulg‘asi”ni kiyib qatnashishga uringani uchun musobaqadan chetlatildi. Bu haqda sportchining o‘zi "Suspilne sport" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) diskvalifikatsiya to‘g‘risidagi qarorni 12-fevral kuni birinchi poyga arafasida qabul qildi. Tashkilot Geraskevichning dubulg‘asi sport maydonida siyosiy, diniy yoki irqiy targ‘ibotni taqiqlovchi Olimpiya Xartiyasiga mos kelmasligini bildirgan.

Prezident Vladimir Zelenskiy skeleton  poygachisini qo‘llab-quvvatlab, “uning dubulg‘asi marhumlar xotirasiga hurmat, dunyoga "Rossiya tajovuzi" va mustaqillik uchun kurash qimmatini eslatishdir” dedi.

Ukraina sport vaziri Bedniy sportchini “qahramon” deb atab, diskvalifikatsiya XOQ obro‘siga zarar yetkazishini ta’kidladi. Binobarin, vaziyat hali Ukraina Olimpiadani boykot qilishigacha borgani yo‘q.

27 yoshli Vladislav Geraskevich uchun bu galgi Olimpiada uchinchi shunday anjuman. Pekin o‘yinlarida u “Ukrainada urush bo‘lmasin!” chaqirig‘i bilan jimgina norozilik namoyishi o‘tkazgandi. Joriy o‘yinlar ochilishi marosimida o‘z mamlakati bayrog‘ini ko‘tarib chiqdi.

Ushbu voqeadan so‘ng Zelenskiy bu skeletonchini "Ozodlik" ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mazkur qaror sportchini XOQ musobaqadan  chetlatgach qabul qilindi.

S.Rahimov, O‘zA