English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainalik jurnalistlar Pulitser mukofoti bilan taqdirlandi
10:59 / 2022-05-10

Kecha – 9 may kuni jurnalistika sohasidagi nufuzli hisoblangan Pulitser mukofotining navbatdagi topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi mukofot laureatlari orasida "The Washington Post", "The New York Times", "Miami Herald" va "Tampa Bay Times" kabi axborot manbalari nomi qayd etildi.

"Interfax.ru" xabariga ko‘ra, bu yilgi mukofot egalari orasida 2022 yil 24 fevraldan beri Ukrainadagi voqealarni yoritgan ukrainalik jurnalistlar  ishonchli reportajlar tayyorlashdagi jasorati, sadoqati va bardoshliligi kabi maxsus nominatsiyalarda taqdirlanganlar.

Qayd etilishicha, maxsus mukofot ukrainalik jurnalistlar tomonidan mintaqadagi dahshatli voqelikni shaffof tasvirlashga urinishlarining e’tirofi hisoblanadi.