Ukrainaga uzalgan qo‘llar…
Buyuk Britaniya va Germaniya Bryusselda 50 davlat ishtirokida tashkil qilinadigan uchrashuvga tayyorlanarkan, Kiyevga yana 450 million funt sterling miqdorida harbiy yordam berilishini e’lon qildi. Bu haqda BBC yozdi.
Mudofaa rasmiylari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga bosim o‘tkazish, uni Ukraina bilan urushni to‘xtatishga majbur qilish uchun yig‘ilmoqda.
– Ukraina mudofaasini mustahkamlashda davom etib, tajovuzkorlikning oldini olish uchun harakat qilishimiz kerak, – dedi Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri Jon Xili.
Bu galgi ko‘mak yuz minglab dron, tankka qarshi mina va harbiy mashinalar ta’mirlanishi uchun ishlatiladi. Taxminan 350 million funt sterlingni Britaniya taqdim etadi. Shuningdek Norvegiya vositachiligida Ukraina xalqaro jamg‘armasi orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham nazarda tutilgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA