Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainaning moliyaviy va harbiy ehtiyojlarini qondirish uchun 90 milliard yevro kredit ajratish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi Evronews.
Bryussel Kiyevni tashqi yordamning keskin kamayishidan himoya qilish uchun aprel oyidan birinchi to‘lovni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Kredit doirasida Ukraina 30 milliard yevroni byudjet ehtiyojlari, 60 milliard yevroni esa qurol-yarog‘ va o‘q-dori sotib olish uchun oladi.
Qurol-yarog‘ va o‘q-dori xaridi muzokaralardagi bahsli masalalardan bo‘ldi, deyish mumkin. Fransiya imkoni boricha Yevropa tashqarisidan qurol xaridini cheklashni talab qildi. Agarda, kerakli uskunalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida topilmasa, Kiyevga AQSH kabi boshqa bozorlarga murojaat qilishga ruxsat beriladi.
90 milliard yevro bosqichma-bosqich,qat’iy shartlar asosida ajratiladi. Masalan, Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashda orqaga chekinish kuzatilsa, yordam to‘xtatilishi mumkin.
Ukrainadan ushbu 90 milliard yevrolik qarzni qaytarish Rossiya urushni to‘xtatib, yetkazilgan zararni qoplagan taqdirdagina talab qilinadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/d-dMB5D65Dw" title="Ukrainaga 90 milliard yevro kredit beriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA